08:47 / 24.11.2015
5196

Oq uy: AQSh Rossiyani IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shishga tayyor, ammo hozircha Moskva bunga tayyor emas

Oq uy vakili Josh Ernestning ma'lum qilishicha, AQSh Rossiyani IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shishga tayyor, ammo hozircha Moskva bunga tayyor emas. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Oldin ham aytib o‘tgan edik. Agar Rossiya o‘z strategiyasini o‘zgartirsa, u IShIDga qarshi xalqaro koalitsiyaga qo‘shila oladi. Biz ham uni qo‘shishga tayyormiz. Albatta, u tomonidan olib kelinadigan zaxiralar muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo hozircha u bunday qila olmaydi. Ular boshqa narsaga e'tibor qaratishgan, shu bois AQShga o‘xshab koalitsiya tuza olishmaydi”, — dedi u.

Rossiyaning IShIDga qarshi boshqa davlatlar bilan birlashishi AQSh boshchiligidagi koalitsiyaga putur yetkazishi mumkinmi, degan savolga Ernest bu borada hech qanday sabab ko‘rmayotganligini aytib o‘tgan.

Top