22:33 / 24.11.2015
2499

Parijda Air France samolyotidan 41 kilogramm kokain moodasi topildi

Parij transport jandarmeriyasi poytaxt aeroportida Air France kompaniyasiga tegishli bo‘lgan samolyotdan 41 kilogramm miqdorida kokain giyohvand moddasini topdi. Bu haqda Europe1 xabar bermoqda.

Sen-Marten — Parij yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qiluvchi Airbus A340 samolyoti Ruassi — Sharl-de-Goll aeroportida tintuvdan o‘tkazilgan.

Giyohvand moddalar yuklar bo‘limidagi to‘rtta yo‘lovchi sumkadan topilgan.
Tekshiruv ishlari bilan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash markaziy byurosi shug‘ullanmoqda.

Top