22:45 / 24.11.2015
4745

Pentagon: Su-24 voqeasi AQSh koalitsiyasi kuchiga ta'sir ko‘rsatmaydi

Turkiya—Suriya chegarasida sodir bo‘lgan voqea AQSh koalitsiyasiga ta'sir ko‘rsatmaydi, bu Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi ishdir. Bu haqda Pentagon vakili polkovnik Stiv Uorren ma'lum qilgan.

"Bu Rossiya va Turkiya hukumatlari o‘rtasidagi voqeadir, - dedi AQSh qo‘mondonligi vakili. – Bu AQSh tomonidan Suriya va Iroqda olib borilayotgan “Mustahkam qaror” harbiy operatsiyasiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Bizning IShIDga qarshi kurashimiz davom etaveradi”.

Ma'lumot uchun, 24 noyabr kuni Turkiya HHK samolyoti Rossiyaning Suriyada aksilterror harbiy amaliyot olib borayotgan Su-24 samolyoti urib tushirdi. Rossiya prezidenti buni “orqadan berilgan zarba” deb baholadi.

Top