09:46 / 24.11.2015
2382

"PSJ" keyingi 2 o‘yinda Parij terakt qurbonlari xotirasi uchun tayyorlangan liboslarda maydonga tushadi

Parijning "PSJ" jamoasi futbolchilari YeChLning 5-turida "Malmyo"ga qarshi va Fransiya chempionatining 15-turida "Trua"ga qarshi o‘yinlarda maxsus futbolkalarda harakatlanishadi. Bu o‘yinlar uchun Parij terakti qurbonlari xotirasi uchun maxsus futbolkalar tayyorlangan.

Bunday futbolkada jamoaning asosiy homiysi Emirates kompaniyasini ifodalovchi yozuv o‘rnida «Je suis Paris» bitigi tushiriladi.

Parijliklar 28 noyabr kuni "Stad de Frans"da "Trua"ni qabul qilishadi. Bu o‘yin 13 noyabr kungi teraktlardan keyin jamoaning Parijda o‘tkazilgan ilk o‘yini bo‘ladi.

Top