18:32 / 24.11.2015
6084

Putin: Rossiya samolyoti Turkiyaga tahdid solmayotgan edi

Bugun urib tushirilgan Rossiyaning Su-24 samolyoti Turkiyaga tahdid solmayotgan edi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bayonot berdi.

“Bizning samolyotlarimiz Turkiya Respublikasiga tahdid solmayotgan edi. Bu o‘z-o‘zidan tushunarli. Ular IShIDga qarshi kurash operatsiyasini o‘tkazayotgan edi”, - ta'kidladi u.

Bu so‘zlar Putinning Iordaniya qiroli Abdulla bin al-Husayn bilan Sochida o‘tayotgan uchrashuvi chog‘ida aytildi. Suhbat “Rossiya 24” telekanali orqali translyatsiya qilinmoqda.

Top