18:08 / 24.11.2015
2083

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining 2015 yildagi byudjyeti 3 mlrd 832 mln qirg‘iz so‘mini tashkil qildi

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining 2015 yildagi byudjyeti 3 mlrd 832 mln qirg‘iz so‘mini tashkil qildi. Talab qilingan miqdor esa 6 mlrd 971 mln 373 ming so‘mni tashkil qilgan. Bu haqda 24 noyabrdagi yig‘ilishda vazirlikning moliya-xo‘jalik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Aytbek Saralayev ma'lum qildi.

Saralayevning aytishicha, bugungi kunda 3 mlrd 314 mln so‘m ajratilgan. “Qolgan mablag‘ 517 mln 324 ming so‘mni tashkil qiladi, ulardan 438 mln maosh to‘lashga, 20 mln 260 ming oziq-ovqat sotib olishga, aholiga ijtimoiy yordam uchun nafaqalarga 8 mln 642 ming va boshqa bandlar bo‘yicha 42 mln so‘m ajratiladi”, deb izoh berib o‘tdi Saralayev.

“2014 yilda IIV talab qilingan 6 mlrd 620 mln 548 ming so‘mdan 3 mlrd 420 mln 440 ming so‘m olgan”, deb ta'kidlab o‘tdi Saralayev.

Top