12:03 / 24.11.2015
2043

Qirg‘izistonlik faol mamlakat armiya uyini yaratishga chaqirdi

Qirg‘izistonlik fuqarolik jamiyati faoli Anvar Sartayev MDH davlatlari ichida faqat Qirg‘izistonda armiya uyi yo‘qligini aytib o‘tdi. Bu haqda 24kg agentligi yozmoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda, mamlakat qurolli kuchlarini isloh qilish harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samarador tizimini yaratish, xalq ruhini ko‘tarish va kelajakka ishonchni oshirish bilan belgilanadi.

“Eng oliy darajada mehnat, migratsiya va yoshlar vazirligining sobiq binosida armiya uyini yaratish tashabbusini ko‘rib chiqish zarur, - ta'kidladi Sartayev. – Poytaxtda harbiy ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy-tadqiqot markazlari barpo etilishi lozim”.

Top