08:53 / 24.11.2015
3742

Qo‘lbola soat yasagani uchun hibsga olingan o‘smir oilasi 15 mln dollar tovon puli talab qilmoqda

Texas shtatida bombaga o‘xshash qo‘lbola soat yasagani va uni maktabga olib kelgani uchun hibsga olingan o‘smirning oilasi ma'naviy zarar uchun 15 mln dollar miqdoridagi tovon puli talab qilmoqda. Bu haqda advokatlarga asoslanib, Independent nashri xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, 14 yoshli Axmad Muhammadning oilasi voqea yuz bergan Irving shahri hukumatidan 10 mln dollar, o‘smir o‘qigan maktabdan esa 5 mln dollar miqdorida pul talab qilgan.

Bu talablar bayon etilgan xat advokatlarga, shahar ma'muriyati hamda maktabga jo‘natilgan. Talabnomada bu xatolik uchun rasman uzr so‘rash kerakligi ham qayd etilgan.

Biroz oldinroq, ushbu o‘smirning oilasi AQShdan Qatarga ko‘chib o‘tmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, AQShning Texac shtati Irving shahridagi maktabning 14 yoshli o‘quvchisi Ahmad Muhammad (Ahmed Mohamed) o‘qituvchilarining ko‘ziga bomba bo‘lib ko‘ringan qo‘lbola soatni ko‘tarib kelgani uchun politsiya mahkamasiga olib kelingan edi.

Ushbu o‘smir bundan oldinroq Oq uyga kelgan va prezident Barak Obama bilan uchrashgandi.

Shuningdek, Microsoft kompaniyasi maktabga qo‘lbola soat olib borgani uchun hibsga olingan Muhammadga o‘z sovg‘alarini bergan.

Top