22:00 / 24.11.2015
6071

Rossiya Mudofaa vazirligi: Su-24 Turkiya havo hududini buzib o‘tmagan

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan ma'lum qilinishicha, Suriya va Turkiya chegarasi hududida urib tushirilgan Su-24 samolyoti Turkiyaning havo kengliklarini buzib o‘tmagan. Bu haqda vazirlikning tvitterdagi sahifasida ma'lum qilingan.

"Rossiyaga tegishli Su-24 rusumli harbiy bombardimonchi samolyot Xmeymim aviabazasiga qaytayotganida Turkiyaning F-16 rusumli qiruvchi samolyoti tomonidan urib tushirilgan", deyiladi xabarda.

Samolyot Suriyaning Latakiya viloyatiga qulagan. Bungacha Turkiya tomoni Rossiyani Suriyadagi harbiy operatsiya davomida Turkiya havo kengliklarini buzib o‘tayotgani yuzasidan ogohlantirgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu voqea haqida qilgan chiqishida Su-24 samolyoti Turkiya bilan chegaradan 1 km ichkarida qulaganini ma'lum qilgan.

Top