14:21 / 24.11.2015
11082

Rossiya Mudofaa vazirligi Suriya va Turkiya chegarasida Su-24 rusumli samolyoti qulaganini tasdiqladi (video)

Rossiyaga tegishli Su-24 rusumli bombardimonchi harbiy samolyot Suriya hududida halokatga uchragani tasdiqlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berilishicha, samolyot yerdan turib urib tushirilgan.

"Samolyot 6 ming metr balandlikda bo‘lgan. Uchuvchilarning taqdiri o‘rganilmoqda. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ular halokatdan oldin samoyotni tark etishgan. Vazirlik aniq aytadiki, samolyot bu vaqtda Suriya osmonida bo‘lgan", deya ma'lum qilinadi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.

Biroz oldinroq, Turkiyaning F-16 rusumli qiruvchi samolyoti Rossiyaning Su-24 rusumli samolyotini u Turkiya havo chegarasini buzib o‘tgani uchun urib tushirgani haqida xabar berilgandi.

Top