06:55 / 24.11.2015
5690

Rossiya teraktlarda aybdorlar jazolanmaguncha Kaspiy havo hududidan foydalanishni davom ettiradi

Rossiya IShID bilan kurashish hamda teraktlarda aybdorlar jazolanmaguncha Kaspiy havo hududidan foydalanishni davom ettiradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov bilan uchrashuv paytida aytdi, deb xabar berdi RIA “Novosti” axborot agentligi.  

“Samolyotimiz bilan bog‘liq fojiali tajribaga ega bo‘lib, biz aybdorlarni jazolash uchun buni zarur deb hisoblagunimizcha qilamiz”, deb aytdi Putin.

Putin shu sababli mintaqadagi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni minimallashtirishga va'da berdi.

20 noyabrdan Rossiya harbiy aviatsiyasining Tu-160 bombardimonchi samolyotlari O‘rta Yer dengizi akvatoriyasidan Suriyadagi jangarilarning pozitsiyalariga qanotli raketalar bilan hujum qildi. Zarbalar berish oldidan samolyotlar 13 ming km yo‘l bosib o‘tgan. Bundan tashqari, uzoq va front bombardimon aviatsiyasining 29 ta samolyoti Kaspiy dengizi tomondan zarba bergan. 

17 noyabrda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov Putinga Misrda Rossiyaning A321 samolyoti terakt sababli falokatga uchraganini ma'lum qildi. Samolyotdagi barcha 224 yo‘lovchi, asosan rossiyaliklar halok bo‘lgan.

Shu kunning o‘zida Rossiya Suriyada havo operatsiyasining yangi bosqichini boshladi. Ilk bor jang sharoitlarida uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketalar qo‘llandi.

Top