19:41 / 24.11.2015
8747

Rossiyaning Istanbuldagi konsulxonasi turk maxsus xizmatlari xodimlari tomonidan o‘rab olindi

Rossiyaning Istanbul shahridagi konsulxonasi atrofida bugun Suriya bilan chegarada Turkiya tomonidan Rossiyaning Su-24 rusumli bombardimonchi harbiy samolyoti urib tushirilganidan keyin tartibni saqlash choralari doirasida turk maxsus xizmatlari himoya halqasi tashkil qilishdi. Bu haqda Sky News xabar tarqatgan.

Rossiyaga tegishli Su-24 samolyoti Suriyaning Lataqiya viloyati hududida, Turkiya bilan chegara chizig‘idan 1 km ichkarida urib tushirildi.

Turkiya tomoni bu samolyotni o‘z havo chegarasini buzganligi uchun ogohlantirgan, samolyot ortga qaytmagach, uni "havo-havo" raketasi bilan urib tushirganini ma'lum qilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa samolyot faqat Suriya hududida harakatlanganini ta'kidlagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu hodisani jinoyat deb atadi.

O‘z navbatida Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li mamlakat o‘z xavfsizligini ta'minlash uchun barcha choralarni qo‘llashga haqli ekanini ta'kidlagan.

Top