22:19 / 24.11.2015
3644

Saloh Abdislomni GFRning g‘arbidan qidirish ishlari boshlandi

Parij terakti tashkilotchiligida gumon qilinayotgan Saloh Abdislom Germaniyada yashiringan bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda nemis politsiyasi uni Germani g‘arbidagi Minden shahri atroflaridan izlamoqda. Bu haqda Bilefelddagi huquq tartibot organlari xodimlari xabar bergan.

Biroz oldinroq, uning Bryusselda o‘tkazilgan aksilterror amaliyot vaqtida qo‘lga tushmagani to‘g‘risida xabar qilingandi. U o‘shanda avtomobil orqali Belgiyadan Germaniya hududiga o‘tib olgani taxmin qilingan.

"Parij teraktlari tashkilotchiligida asosiy gumondor hisoblangan shaxs yana bir marta ta'qibdan qutilib qoldi va u BMW rusumli avtomobilda Germaniyaga o‘tib ketgani taxmin qilinmoqda", deyilgan The Daily Telegraph xabarida.

Ma'lumot uchun, Saloh Abdislom 1989 yilda tug‘ilgan, bo‘yi 1,75 m. Ko‘zlari jigarrang.
"Saloh Abdislom 2009 yildan 2011 yilgacha Bryussel shahri metrosining Iksel bekatida texnik xodim sifatida ishlagan.

Uning akasi Ibrohim esa "Bataklan" qamal qilingan vaqtda o‘zini portlatib yuborgan.
Biroz oldinroq, “Bataklan”ga hujum qilgan terroristlar narkotik modda ta'sirida bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Top