11:47 / 24.11.2015
2350

Sinayda portlash yuz berishi natijasida 3 kishi halok bo‘lib, 12 kishi jarohatlandi

Misrning Sinay yarim oroli hududida navbatdagi portlashlar yuz berdi va 3 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda mahalliy telekanalga asoslangan holda RIA Novosti xabar bergan.

Aniqlik kiritilishicha, qurbonlarning biri politsiya xodimi. Portlashlar natijasida 12 kishi jarohat olgani aytilgan. Ulardan 9 nafari politsiyachilar.

Bu hodisa yarim orol shimolidagi El-Arish shahrida, IShIDga xayrixoh terrorchilar faol bo‘lgan hududda ro‘y bergan.

Ma'lumot berilishicha, shahardagi mehmonxona oldida mashina portlatilgan. Bu mehmonxonada mamlakatda o‘tkazilgan parlament saylovini kuzatish uchun kelgan guruhlar a'zolari istiqomat qilayotgandi.

Top