15:44 / 24.11.2015
3481

Tojikiston IIV: Rossiyaga qidirilayotgan terrorchilar ro‘yxatlarini beramiz

Tojikiston IIV rossiyalik hamkasblariga mamlakatda qidirilayotgan terrorchilar ro‘yxatlarini beradi. Tojikiston ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzodaning so‘zlariga qaraganda, bu ro‘yxatdagilarning aksariyati bugungi kunda Suriyada bo‘lib, Rossiyaga kirishga harakat qilishi mumkin.

Uning so‘zlariga qaraganda, ayni paytda Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasi tufayli ayrim tojikistonliklar o‘z yurtlariga qaytmoqda, bu esa respublika rahbariyatini xavotirga solmoqda.

“Ular terrorchilardir... Bunday vaziyat barqarorlikka real tahdid uyg‘otadi. Bu esa, o‘z navbatida, bizni harakatga undaydi. Shu bois biz ish tartibida Rossiyaga qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatini beramiz”, - dedi Rahimzoda Rossiya va Tojikiston IIV birlashgan kollegiyasi yig‘ilishida.

Top