Liviya poytaxti Tripoli shahri sharqida sodir etilgan portlash natijasida eng kamida besh harbiy halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Reuters.
Portlovchi moddalar bo‘lgan avtomobil nazorat-o‘tkazish punktida portlagan. 16 kishi jarohat oldi.
Bundan avvalroq esa IShIDning Liviyadagi yetakchisi Abu Nabil Darna shahri hududida AQSh tomonidan berilgan aviazarbada halok bo‘lgani haqida xabar qilingan edi.