23:34 / 24.11.2015
4790

Tunis prezidenti qo‘riqchilari avtobusi portlatib yuborildi

Tunis poytaxtida avtobus portlatilishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Mahalliy nashrlarga asoslanib, RIA Novosti xabar bergan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu avtobus mamlakat prezidenti soqchilari foydalanadigan transport vositasi bo‘lgan.

Portlash sodir bo‘lgan joyda tergov ishlari olib borilmoqda. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Portlash qanday va kim tomonidan amalga oshirilgani haqid aniq ma'lumot yo‘q.

Top