14:36 / 24.11.2015
11697

Turk harbiylari: Su-24 samolyoti urib tushirilishidan oldin 10 marta ogohlantirildi

Turkiya harbiy amaldorlaridan biri Rossiyaga tegishli Su-24 rusumli bombardimonchi harbiy samolyoti Turkiyaning havo chegaralarini buzib o‘tganidan keyin uni urib tushirishga to‘g‘ri kelganini ma'lum qildi.

Uning qayd etilishicha, rossiyalik uchuvchilar 5 daqiqa ichida 10 marta ogohlantirilishgan.

Biroz avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligi Su-24 samolyoti qulaganini tasdiqladi va u qulashdan oldin Suriya hududida bo‘lganini ma'lum qildi.

Samolyot Suriyaning Lataqiya hududiga qulagan. Uning uchuvchilari halokatdan oldin samolyotni tark etishga ulgurishgan. Ulardan biri ayni damda Suriyadagi turkmanlar qo‘lida asirlikda bo‘lgani gumon qilinmoqda.

Top