21:43 / 24.11.2015
7267

Turkiya BMT bosh kotibiyati va XK a'zolariga Su-24 voqeasi bo‘yicha xat jo‘natdi

Turkiya xat orqali BMT bosh kotibi Pan Gi Mun va tashkilotning Xavfsizlik kengashiga Rossiyaning Su-24 rusumli bombardimonchi harbiy samolyoti urib tushirilgani bo‘yicha ma'lumot jo‘natdi. Bu haqda turkiyalik diplomatga asoslangan hola Reyter agentligi xabar qilgan.

Biroz oldinroq, Turkiya hukumati BMTning Xavfsizlik Kengashi a'zolari bo‘lgan mamlakatlarning (Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh) Istanbuldagi elchilarini Suriya bilan chegara hududida Su-24 samolyotining urib tushirilishi bo‘yicha muhokama o‘tkazish uchun chaqirgandi.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr, seshanba kuni Turkiya Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini o‘z havo hududini buzib kirgani uchun urib tushirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi vakillarining ta'kidlashicha, samolyot faqat Suriya hududida parvoz qilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Su-24 samolyotining Suriya hududida urib tushirilishini orqadan berilgan zarba sifatida baholagan.

Top