19:16 / 24.11.2015
8097

Turkiya tomoni Su-24 samolyotini mamlakat suvereniteti himoyasi uchun urib tushirilganini ta'kidlamoqda

Turkiya Suriya bilan chegarasi hududidagi Su-24 rusumli bombardimonchi harbiy samolyotini o‘z suverenitetini himoya qilish maqsadida urib tushirgan. Bu haqda Turkiya hukumatidagi rasmiy vakillardan biri xabar bergan.

Uning qayd etishicha, bu harakat qaysidir bir mamlakatga qarshi hujum sifatida baholanmasligi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr, seshanba kuni Turkiya Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini o‘z havo hududini buzib kirgani uchun urib tushirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi vakillarining ta'kidlashicha, samolyot faqat Suriya hududida parvoz qilgan.

Biroz oldinroq, samolyotdan katapulta qilingan uchuvchilarning ikkisi ham halok bo‘lgani ma'lum qilindi.

Top