11:54 / 24.11.2015
2508

Xitoy davlat banklarining top-menejyerlari maoshning pastligi tufayli ishdan bo‘shamoqda

Xitoyning eng yiri davlat banklari rahbarlar kadrlar topishga qiynalmoqda, negaki top-menejyerlarning ko‘pchiligi maoshning pastligi tufayli ishdan bo‘shamoqda. Bu haqda China Daily nashri yozmoqda.

“Yuqori darajadagi rahbarlarning ishdan bo‘shatilishi to‘lqini Xitoy banklarida misli ko‘rilmagan darajaga yetdi. Davlat banklaridagi eskicha maoshlar hamda onlayn moliya sektoridagi katta maoshli ishlarning ko‘pligi bu tendensiyani yanada rivojlantirmoqda”, - deyiladi nashrda.

52 nafar yetakchi bank boshqaruvchilari o‘z ixtiyoriga ko‘ra bo‘shab, boshqa sohalarga o‘tib ketgan. Bular orasida Xitoy banki va Xitoy qurilish banki xodimlari ham bor. Fond birjalarining ma'lum qilishicha, 16 listing banklaridan yana 10tasi prezidentlari va prezident o‘rinbosarlari bilan shartnomalarni bekor qilganliklarini ma'lum qilishdi.

Top