10:51 / 25.11.2015
4589

Buxoroda sobiq rafiqasini o‘ldirmoqchi bo‘lgan erkak 11.5 yilga qamaldi

Buxoro sudi qarori bilan sobiq rafiqasini o‘ldirmoqchi bo‘lgan erkak 11.5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Voqea tafsilotlari “Huquq” gazetasida keltirildi.
Aytilishicha, Botir Yo‘ldoshev va Dilchirov Raupovalar 1999 yilda turmush qurgan. Ularning Qodirjon va Dilnura ismli farzandlari bo‘lgan.
Ammo Botirning ichkilikka mukkasidan ketishi oqibatida 2009 yilda turmushlari buzilib ketgan.

Shu yili Dilchiroy yaqinlarini o‘z uyida to‘plab, tug‘ilgan kunini nishonlayotgan kuni uning sobiq eri pichoq olib kelgan. Eshikni taqillatib, o‘zini “uchastkovoy Abdulla” deb tanishtirgan, lekin ayol Botirning ovozini darhol tanigan.
Mast erkak eshikni buzib kirib, qo‘lida pichoq bilan ayolga tashlangan. To‘plangan mehmonlarning yordami va tezda yetib kelgan tibbiy xodimlar harakatlari bilan Dilchiroyning hayoti saqlab qolingan.

Top