20:27 / 25.11.2015
5271

Devid Kemeron: Turkiyaning o‘z havo hududini himoya qilish huquqini hurmat qilish zarur

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Turkiyaning o‘z havo hududini himoya qilish huquqini hurmat qilish zarur, deb ta'kidlamoqda. “Biz Turkiyaning o‘z havo hududini himoya qilish huquqini xuddi o‘zimiznikini himoya qilganimizdek hurmat qilishimiz kerak”, deb aytdi Kemeron 25 noyabrda Buyuk Britaniya parlamentining quyi palatasida deputatlar savollariga javob berish davomida.

“Nima sodir bo‘lganini aniq o‘rnatishimiz juda muhim”, deb aytdi Kemeron. Kemeron 24 noyabrda Rossiya harbiy samolyotining urib tushirilishini muhokama qilish uchun Rossiya va Turkiya bilan to‘g‘ri aloqa o‘rnatgan.

“Bosh vazir Turkiya bosh vaziri Dovudo‘g‘luga Rossiya bilan bu borada to‘g‘ri aloqaga kirishni ta'minlashni tavsiya qildi”, deb aytdi Kemeron vakili bosh vazirning Dovudo‘g‘lu bilan suhbati natijalariga ko‘ra.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning F-16 harbiy samolyoti 24 noyabrda Rossiyaga tegishli Su-34 bombardimonchi samolyotini o‘z chegarasidan 1 km uzoqlikda Suriya hududida urib tushirdi.

Top