14:06 / 25.11.2015
16345

Erdo‘g‘an: Turkiya HHK Su-24ga hujum qilishda uning Rossiya samolyoti ekanini bilmagan

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro islom iqtisodiyoti konferensiyasida mamlakat harbiy havo kuchlari Su-24 samolyotiga hujum qilayotgan vaqtda uning Rossiyaga tegishli ekanini bilishmaganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” agentligi xabar berdi.

Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Turkiya hukumati HHKning Rossiya harbiy samolyotini urib tushirgani haqida Rossiya Mudofaa vaziri mazkur voqeani tasdiqlaganidan keyingina xabardor bo‘lgan.

Bundan avvalroq esa Rossiyaning Fransiyadagi elchisi Aleksandr Orlov Suriya hududida Rossiyaning Su-24 rusumli harbiy bombardimonchi samolyoti Turkiyaning F-16 rusumli qiruvchi samolyoti tomonidan urib tushirilgach, katapulta orqali samolyotni tark etgan uchuvchilardan biri tirik qolganini tasdiqlagan edi. 

Top