18:57 / 25.11.2015
2558

Eron Qozog‘istonga po‘lat mahsulotini eksport qilishni taklif qilmoqda

Eron sanoat, konlar va savdo vaziri Muhammad Rizo Nematzoda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Erlan Idrisov bilan uchrashuvi vaqtida Eron Qozog‘iston va Eron o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sanoat hamkorligida yangi bosqichning boshlanishiga umid qilayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Nematzodaning ta'kidlashicha, ikki tomonlama hamkorlik sohalari Eronda temir va havo transporti rivojlanishi, kemachilikni rivojlantirish, qo‘shma investitsiyalar va qishloq xo‘jaligi bo‘lishi mumkin. Ikki davlat tadbirkorlari va investorlari birinchi qadam sifatida bir-birlarining imkoniyatlari va salohiyatlari bilan tanishib chiqdilar.

Idrisov o‘z navbatida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik darajasini oshirish maqsadida investitsion hamkorlik uchun zarur bo‘lgan salohiyatlarni o‘rganib chiquvchi qo‘shma ishchi guruh yaratish zarurligini aytdi.

Idrisovning aytishicha, Eron Qozog‘istonga po‘lat mahsuloti muvaffaqiyatli eksport qilinadigan davlatlardan biri sifatida qaramoqda. Investitsion hamkorlik sohalari sifatida Eron portlarida yakunlanuvchi temir yo‘llar qurish, Xitoy va Eron portlari o‘rtasida kemachilik aloqasini yo‘lga qo‘yish, elektrovozlar yetkazib berish, eronlik dehqonlarning Qozog‘istondagi qishloq xo‘jaligi loyihalarida ishtirok etishlari xizmat qilishi mumkin.

Top