12:19 / 25.11.2015
2490

Hindistondagi suv toshqinlari qurbonlarining soni 176 nafarga yetdi

Hindiston janubidagi Tamilnad shtatida tinimsiz yog‘ingarchiliklar keltirib chiqargan suv toshqinlari qurbonlari soni 176 nafarga yetdi, deya xabar qilmoqda ANI agentligi.
Avvalroq esa tabiiy ofat sababli 100 kishi olamdan o‘tgani haqida xabar qilingan edi.

Chennai shahridagi maktab va kollejlar 10 kundirki, faoliyat ko‘rsatayotgani yo‘q. Oliy ta'lim muassasalarida imtihonlar bekor qilingan.
Yog‘ingarchiliklar miqdori so‘nggi bir necha kun ichida kamayganiga qaramasdan, Chennai va Kuddaloraning ayrim hududlari hamon suv ostida qolmoqda.

Shtat bosh vaziri Jayaram Jayalalitxa mamlakat bosh vaziri Narendra Modiga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 130 million dollar ajratilishi so‘rab murojaat qildi. Ichki ishlar vazirligiga mazkur mablag‘larni ajratish vazifasi topshirildi. Bundan tashqari, yo‘qotishlar miqyosini baholash uchun 26 noyabr kuni Tamilnadga maxsus komissiya yo‘ oladi.

Top