01:00 / 25.11.2015
4027

Lukashenko Moskvaga tashrifini boshqa sanaga ko‘chirdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 25 noyabrda boshlanishi kerak bo‘lgan Rossiyaga tashrifini boshqa sanaga ko‘chirdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, tashrifning ko‘chirilishiga “Belarus va Rossiya prezidentlari ishchi grafigining yuklanganligi sababli” qaror qilindi.

Lukashenkoning Rossiyaga tashrifining yangi muddatlari yaqin orada diplomatik kanallar orqali kelishib olinadi.

Top