09:09 / 25.11.2015
9387

Obama va Erdo‘g‘an: Su-24 samolyotining urib tushirilishiga o‘xshash vaziyat qaytarilmasligi kerak

AQSh prezidenti Barak Obama Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan Rossiyaning Su-24 samolyoti Suriya hududida Turkiyaning F-16 samolyoti tomonidan “havo-havo” raketasi bilan urib tushirilgandan keyingi vaziyatni muhokama qildi, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi.

Bu suhbat davomida prezidentlar bunday noxush voqealar boshqa qaytarilmasligi kerakligi, buning uchun bunday voqealarning oldini olish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilishi lozimligiga kelishib oldilar.

Prezidentlar Suriyada siyosiy o‘tishni ta'minlash uchun IShID bilan kurashni davom ettirishdagi qat'iyatlarini tasdiqladilar.

Avvalroq AQSh boshchiligidagi koalitsiya turk uchuvchilarining Su-24 samolyoti ekipajiga ogohlantirish berganini qayd qilgani ma'lum qilingandi.

Top