10:34 / 25.11.2015
2599

Parij prokuraturasi uyida terrorchilar yashagan erkakka ayblov e'lon qildi

Parij prokuraturasi uyida Parij teraktini tashkillashtirgan ikki terrorchi yashagan Javod Ben Douga nisbatan rasmiy ayblov e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

“Men ularning terrorchi ekanliklarini bilmagan edim. Mendan yordam so‘rashdi, men berdim. Ikki kishi uchun uch kunga xona kerak ekanligini aytishgan edi”, — dedi Dou.
Ma'lum bo‘lishicha, Dou qotillik jinoyati sodir etgani uchun 8 yil ozodlikdan mahrum etilgan ekan.

Top