17:42 / 25.11.2015
3390

Qozog‘istonda firibgar-donor 1 yoshli go‘dakning ota-onasini aldab, 500 ming tanga pulni o‘zlashtirdi

Qozog‘istonlik fibirgar donor yosh chaqaloqqa donorlik qilish bahonasiga bemorning ota-onasidan qariyb 500 ming Qozog‘iston tangasi miqdorida pulni o‘zlashtirib olgan.

«Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida yashovchi Asem Kabakovaning bir yoshli farzandiga «surunkali buyrak yetishmovchiligi» tashxisi qo‘yildi. Chaqaloqning ikkala buyragi ham ishlamasdi. Shuningdek jigarni ham ko‘chirib o‘tish zarur bo‘lgan», deyiladi xabarda.

Qayd qilinishicha, avvaliga Olma-Ota shahrida shifokorlar bo‘lajak donorning tahlilini avvaliga ijobiy, keyin salbiy deb baholashgan. Shundan keyin donor bemorni Ostonaga olib borgan va u yerda go‘yoki donorlik tahlilining ijobiy chiqishi uchun shifokorlarga 400 ming tanga berish lozimligini chaqaloqning ota-onasiga ma'lum qilgan.

Shundan keyin donor yana bir qator qo‘shimcha komissiya tekshiruvlari uchun jami 475 ming tanga miqdorida pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan..

Avvaliga 30 oktabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan operatsiya donorning talabiga ko‘ra, 9 noyabrga qadar qoldirilgan. Shundan keyin fibirgar donor bemor oilasining telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermay qo‘ygan. Politsiyaga bo‘lgan murojaatdan keyin qo‘lga tushgan Serik ismli donor oilaga barcha pullarni qaytarishga so‘z bergan. Buning uchun so‘nggi muddat 25 noyabr edi. Lekin hozirda Serikni umuman topib bo‘lmayapti, deb yozadi manba.

Hozirda Inju ismli chaqaloqning operatsiya qilinishi bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun uning ota-onasiga yangi donor kerak bo‘ladi.

Top