07:47 / 25.11.2015
18576

Ramzon Qodirov urib tushirilgan Su-24 haqida: Turkiya qilmishi uchun pushaymon yeydi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Suriyada urib tushirilgan Su-24 samolyoti bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi. U bu haqdagi fikrini “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida qoldirdi.  

“Turkiya harbiy samolyoti “havo-havo” raketasi bilan Suriya osmonida terrorchilarga qarshi harbiy vazifa bajarayotgan Rossiya bombardimonchi samolyotini urib tushirdi. Hech qancha shubha qilmayman, Turkiya bu qilmishi uchun uzoq vaqt pushaymon yeydi. Har vaziyatda do‘stlik va hamkorlik haqida gapiruvchi davlat bunday makkorlik qilmaydi”, deb aytdi Qodirov.   

Bundan avval Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya Turkiyaga qo‘shni, do‘stona davlat kabi munosabatda edi. Biz bugungi jinoyatga o‘xshash jinoyatlar amalga oshirilishiga chidab turmaymiz” deb aytdi.

Top