14:27 / 25.11.2015
2618

Rossiya FVV: Aviaaloqalar uzilganidan buyon Misrni 90 mingga yaqin rossiyalik tark etdi

Rossiya va Misr o‘rtasidagi aviaaloqalarning to‘xtatib turilganidan boshlab hozirgi kunga qadar 89 mingdan ortiqroq rossiyalik Misrni tark etishgan, deya xabar beradi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Manbaning ma'lum qilishicha, oxirgi kunda Rossiyaga 12 nafar yo‘lovchi tranzit yo‘li bilan qaytib kelgan.

Jami bo‘lib 416 reys orqali Misrni 89 mingdan ortiqroq odamlar tark etishgan.

«Xurgada shahridagi Sharm-ash-Shayx aeroportida beshta reysdan iborat yo‘lovchilar yuklari qolmoqda», — deya aniqlik kiritadi FVV.

Aviaaloqalar bekor bo‘lganidan boshlab Rossiyaga sayyohlarning deyarli 780 tonna miqdoridagi ortiqcha yuklari qaytarib olib kelingan.

Top