10:18 / 25.11.2015
6432

Rossiyaning NATOdagi vakili: Turkiya alyansni o‘z harakatlarini oqlashga majbur qildi

Rossiyaning NATOdagi doimiy vakili Aleksandr Grushkoning fikricha, Turkiya hukumati alyansni o‘z harakatlarini oqlashga majbur qildi. Alyans o‘z ittifoqchisining yonini olishga majbur bo‘ldi.

“Anqara o‘z maqsadiga erishdi – ittifoq birdamligini niqob qilib, alyansni o‘zining noqonuniy xatti-harakatlarini oqlashga majbur qildi. Aslida ularning harakatlari IShIDga qarshi kurash borasidagi umumiy harakatlarga putur yetkazib, mamlakatlar xavfsizligiga tahdid yaratdi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, alyans Turkiya tomonidan Rossiyaning Su-24 samolyotining urib tushirilishi munosabati bilan bergan bayonotida Turkiya o‘z chegaralarini himoya qilganini hamda to‘g‘ri harakat qilganini ta'kidladi. Ushbu bayonotni Grushko “soyalar teatri” deb baholadi.

“NATO bosh kotibining bayonotida Turkiyaning bizning samolyotga hujumi yuzasidan tanqid so‘zlari aytilmadi, vaholanki samolyotimiz Turkiya xavfsizligiga xavf tug‘dirmayotgan edi va tug‘dirishi mumkin ham emas edi, negaki Suriya havo hududida edi. Terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha burchlarini bajarayotgan rossiyalik harbiy xizmatchilarning halokati bilan bog‘liq afsuslanish so‘zlariga o‘rin topilmadi bu bayonotda”, - ta'kidladi u.

Top