12:22 / 25.11.2015
2699

Turkmaniston va Eron o‘rtasidagi bir qator hujjatlar imzolandi

22 noyabr kuni Tehronda Turkmaniston va Eron o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Turkmaniston davlat axborot agentligining ma'lum qilishicha, tadbirda savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Bu masalalar, shuningdek, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Eron Islom Respublikasi diniy yetakchisi oyatulloh Ali Hameneiy bilan uchrashuvi chog‘ida ham ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, Berdimuhamedov Eronga gaz eksport qiluvchi davlatlari rahbarlari forumi sammitida ishtirok etish uchun faxriy mehmon sifatida taklif qilingan edi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra ikki davlat orasida bir qator muhim hujjatlar paketining imzolanish marosimi o‘tkazildi.

Top