19:21 / 26.11.2015
7361

12 yil ko‘proq umr ko‘rishning 7 xil usuli

Agar uzoqroq umr ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, unda hayot tarzingiz va odatlaringizni biroz o‘zgartirishingizga to‘g‘ri keladi. Inson hayoti to‘g‘risidagi ba'zi ma'lumotlarga asoslanib, uning taxminiy yoshini hisoblab chiqish mumkin. Bunday narsalar sirasiga ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish, irsiyat va ijtimoiy hayot kiradi.

Bostondagi tibbiyot markazida dars beruvchi, professor-geriatr Tomas Perlz o‘zining ilmiy izlanishlari asosida uzoq umr ko‘ruvchilar to‘g‘risida onlayn-tadqiqod o‘tkazdi. Uning fikricha, uzoq umr ko‘ruvchilarning odatlarini o‘zlashtirish orqali boshqalar ham ma'lum miqdorda hayotini uzaytirishi mumkin ekan. Aynan necha yil qo‘shilishi aniq emas. Biroq siz sog‘ligingizni yaxshilab, salbiy odatlaringizdan xalos bo‘lishingiz va hayotingizni xotirjamlikda o‘tkazishingiz mumkin.

Xo‘sh, qanday qilib hayotimizni o‘zgartirsak va uzaytirsak bo‘lar ekan?!
Texnologik qayta ishlashga uchragan go‘shtni tanovul qilmang – 4 yil umr qo‘shiladi

 

Taomni tez pishiradigan restoranlarda iste'mol qilishni kamaytirish bilan umringizni 4 yilga cho‘za olasiz.

Yetarli miqdordagi kalsiy iste'mol qilish – yarim yil qo‘shadi

Har kuni choy va qahva bilan sut ichishning o‘zi yoshimiz katta bo‘lganida osteoporozning oldini olish uchun bizga kerakli miqdordagi kalsiyni ta'minlab bera olmaydi. Kaltsiy yana pishloq va bargsimon sabzavotlar tarkibida ham uchraydi. Mana shunday mahsulotlarni kundalik taomnomamizga qo‘shishimiz maqsadga muvofiq.

Kundalik mashg‘ulotlar – 5 yil qo‘shadi

 

Umrimizni uzaytirish uchun faqatgina ovqatlanish tarzimizni o‘zgartirishning o‘zi kifoya qilmaydi. Haftasiga 2-3 marta shug‘ullanib turish ham koni foyda. Mashg‘ulotlar davomiyligi mo‘'tadil aerobik mashqlar bilan birgalikda 150 daqiqadan kam bo‘lmasligi kerak. Shu tarzda siz yurak kasalliklari va qandli diabet xavfini oldini olishingiz, kayfiyatingizni ko‘tarib, o‘zingizni tetik his qilishingiz mumkin.

Muntazam vrach ko‘rigidan o‘tish – yarim yil qo‘shadi

Ko‘proq mashq qilishga harakat qiling-u, lekin vrach nazoratidan o‘tib turishni ham kanda qilmang. Doktor huzuriga borish kasallikning oldini olishga yoki uni butkul bartaraf etishga sabab bo‘ladi. Bu ayniqsa, oilasida irsiy kasalligi mavjud bo‘lgan kishilarga taalluqlidir. Vrach ko‘rigiga muntazam boring, biroq berilib ketmang.

Vaqtingizni ko‘proq oila a'zolaringiz va do‘stlaringiz bilan o‘tkazing – bu bilan yana yarim yil yutasiz

 

Yaqinlaringiz va qarindosh-urug‘ingiz har qanday qiyin damlarni va stressni yengishga ko‘maklashadi. Ijobiy munosabatlar yil o‘tgan sayin insonni aqliy faoliyatini tezlashtiradi va ijtimoiy hayotda faollashtiradi.

Ultrabinafsha nurlanishning oldini oling – yarim yil qo‘shiladi

 

Agar siz quyosh nuri terimga ta'sir qilmaydi, deb o‘ylasangiz va uni quyoshdan himoya qilmasangiz, bu xatoingiz uchun javob berishga to‘g‘ri keladi. Quyosh nuri teri saratoniga olib kelishi mumkin.

Tishlaringizni har kun yuving – 1 yil qo‘shiladi

Agar tishlaringizni har kun tozalashni unitsangiz bir qator muammolarni orttirib olasiz: milkning kasallanishi, tish yemirilishi va tushishi. Milki kasal bo‘lgan odamlarda buyrak va qandli diabet bilan og‘rishga moyillik kuzatiladi.

Kofeindan voz kechib, faqat ertalablari bir chashka qahva bilan kifoyalanadimi, dangasalik bilan kurashib mashq qilishni boshlaydimi yoki zararli mahsulotlarni rad etadimi – qarorni har kim o‘zi qabul qiladi. Biroq bir o‘ylab ko‘ring, voz kechish mumkin ba'zida esa, zarur bo‘lgan odatlarimizni qilishda davom etib, qimmatli hayotingizni xavf ostiga qo‘ymayapsizmi?! Yuqoridagi tavsiyalarga quloq tutsangiz umringizni biroz bo‘lsa-da, uzaytirishingiz aniq, hech bo‘lmaganda uni samarali, xushchaqchaq va ortiqcha kasalliklarsiz o‘tkazishingiz tayin!

Top