12:12 / 26.11.2015
9639

Dunyoda masjidlar soni qancha?

Dubay Islom iqtisodini rivojlantirish markazining ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyo bo‘yicha 3,6 million masjid mavjud. Bu har 500 musulmonga bitta masjid to‘g‘ri keladi, deganidir. Markaz tadqiqotlariga ko‘ra, 2019 yilga borib, jahondagi masjidlar soni 3,85 millionga yetadi.

Dunyodagi eng ko‘p musulmonlar (221 million) yashaydigan Indoneziyada 800000 masjid faoliyat yuritmoqda (AFP ma'lumoti).

Bangladesh Islomiy jamiyati ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatda jami 250399 ta, poytaxt Dakkada 6000 masjid mavjud.

Wikipedia ensiklopediyasiga ko‘ra, Hindis­tonda 300000 dan ortiq, Pokistonda 120000 dan ortiq masjid ro‘yxatga olingan.

Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, 2014 yil so‘nggida mamlakatdagi masjid­lar soni 86101 tani tashkil etgan.

Xitoyning CPPCC News nashri ma'lumotiga ko‘ra, XXRda jami 39000 masjid bor (undan 25000 tasi Shinjon muxtor o‘lkasida joylashgan).

Rossiya musulmonlari diniy idorasi ma'lumotiga ko‘ra, Rossiyada 7000 dan ortiq masjid mavjud (2014).

Amerika-Islom aloqalari Kengashining hisob-kitoblariga qaraganda, AQShda 2000 yilda masjidlar soni 1209 ta, 2010 yilda 1897 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2011 yili ularning soni 2106 taga yetgan.

Fransiya musulmonlari jamiyati ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2015 yil boshida 2200 masjid faoliyat yuritgan. Buyuk Britaniyada 1500 masjid ro‘yxatga olingan (2011).

Manba: Muxlis.uz

Top