21:55 / 26.11.2015
4783

FIFAning yil terma jamoasi uchun nomzodlarning 55 futbolchidan iborat ro‘yxati tuzildi

Professional futbolchilar assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFPro) tomonidan 2015 yilning eng kuchli 55 nafar futbolchisi nomi ma'lum qilindi.

Kengaytirilgan ro‘yxatdan ajratib olingan 11 nafar futbolchi 2016 yilning 11 yanvar kunida, "Oltin to‘p"ni o‘z egasiga topshirish marosimida 2015 yil terma jamoasi sifatida e'lon qilinadi.

Nomzodlar orasidan eng yaxshilarini aniqlash uchun o‘tkaziladigan ovoz berish jarayonida 70 davlatdan 25 ming futbolchi ishtirok etgan.

Kengaytirilgan ro‘yxatdan 5 nafar darvozabon, 20 nafar himoyachi, 15 nafar yarim himoyachi va 15 hujumchi o‘rin olgan.

Darvozabonlar: — Janluidji Buffon (Italiya, «Yuventus»), Iker Kasilyas (Ispaniya, «Portu»), David de Xea (Ispaniya, «Manchester Yunayted»), Keylor Navas (Kosta-Rika, «Real»), Manuel Noyyer (Germaniya, «Bavariya»).

Himoyachilar: — David Alaba (Avstriya, «Bavariya»), Hordi Alba (Ispaniya, «Barselona»), Jyerom Boateng (Germaniya, «Bavariya»), Daniel Karvaxal (Ispaniya, «Real»), Jorjo Kellini (Italiya, «Yuventus»), Dani Alves (Braziliya, «Barselona»), David Luiz (Braziliya, «PSJ»), Diyego Godin (Urugvay, «Atletiko» Madrid), Mats Xummels (Germaniya, «Borussiya» Dortmund), Branislav Ivanovich (Serbiya, «Chelsi»), Vensan Kompani (Belgiya, «Manchester Siti»), Filipp Lam (Germaniya, «Bavariya»), Marselo (Braziliya, «Real»), Xaver Maskerano (Argentina, «Barselona»), Jyerar Pike (Ispaniya, «Barselona»), Serxio Ramos (Ispaniya, «Real»), Jon Terri (Angliya, «Chelsi»), Tiagu Silva (Braziliya, «PSJ»), Rafael Varan (Fransiya, «Real»).

Yarim himoyachilar — Tyago Alkantara (Ispaniya, «Bavariya»), Xabi Alonso (Ispaniya, «Bavariya»), Serxio Buskets (Ispaniya, «Barselona»), Eden Azar (Belgiya, «Chelsi»), Andres Inesta (Ispaniya, «Barselona»), Toni Kroos (Germaniya, «Real»), Luka Modrich (Xorvatiya, «Real»), Andrea Pirlo (Italiya, «Nyu-York Siti»), Pol Pogba (Fransiya, «Yuventus»), Ivan Rakitich (Ispaniya, «Barselona»), Xames Rodriges (Kolumbiya, «Real»), David Silva (Ispaniya, «Manchester Siti»), Yaya Ture (Kot-d'Ivuar, «Manchester Siti»), Marko Verratti (Italiya, «PSJ»), Arturo Vidal (Chili, «Bavariya»).

Hujumchilar: — Serxio Aguero (Argentina, «Manchester Siti»), Garet Beyl (Uels, «Real»), Karim Benzema (Fransiya, «Real»), Duglas Kosta (Braziliya, «Bavariya»), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, «Real»), Zlatan Ibrohimovich (Shvetsiya, «PSJ»), Robert Levandovski (Polsha, «Bavariya»), Lionel Messi (Argentina, «Barselona»), Tomas Myuller (Germaniya, «Bavariya»), Neymar (Braziliya, «Barselona»), Aren Robben (Niderlandiya, «Bavariya»), Ueyn Runi (Angliya, «Manchester Yunayted»), Aleksis Sanches (Chili, «Arsenal»), Luis Suares (Urugvay, «Barselona»), Karlos Teves (Argentina, «Boka Xuniors»).

Top