22:59 / 26.11.2015
4020

Google Translate da galaktika tili tarjimoni paydo bo‘ldi

Google kompaniyasi o‘zining Google Translate tarjimoniga “Yulduzlar jangi” filmida foydalanilgan aurebesh alifbosidan foydalangan holda galaktika tilini ham kiritdi. Bu haqda kompaniyaning "Twitter"ida ma'lum qilingan.

Yangi alifbo tizimi Google Translate da mavjud barcha tillar uchun kiritilgan, jumladan, o‘zbek tiliga ham.

Aurebesh o‘z ichiga undosh va unli harflarni, ikkitalik harflarni hamda punktuatsiya belgilarini olgan. Nomlanishlar birinchi ikki harf, aurek va besh kombinatsiyasidan hosil bo‘ladi.

Top