11:33 / 26.11.2015
2700

Interpol Parij teraktlari ishtirokchilaridan birini qidiruvga berdi

Interpol bazasida Parijdagi teraktlarda ishtirok etganlikda ayblanayotgan bosh gumondorlardan biri Saloh Abdusalom haqida ma'lumot paydo bo‘ldi. Bu tashkilot saytidan ma'lum bo‘ldi.

Unga bir qancha ayblovlar qo‘yilmoqda. Ular orasida qurol-yarog‘ savdosi, jinoiy guruhga a'zolik, portlovchi moddalar tashish bor. Saytda uning bo‘yi, sochining va ko‘zining rangi singari ma'lumotlar joylashtirilgan.

Top