17:36 / 26.11.2015
3989

Qirg‘iziston milliy banki somni qo‘llash uchun bir kunda 7 mln dollar sotdi

Qirg‘iziston milliy banki somni qo‘llash uchun bugun, 26 noyabr kuni 7 mln dollar sotdi. Bu haqda bank raisi To‘lqunbek Abdig‘ulov matbuot anjumani chog‘ida bayonot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, dollar kursining keskin o‘sishi milliy bankni valyuta bozoriga yana chiqishga majbur qildi. Hozir savdolar davom etmoqda. 77-79 somlik kurs esa spekulyativ deb hisoblanmoqda. Eng to‘g‘ri kurs, raisning so‘zlariga qaraganda, 75-76 somdir.

Top