17:56 / 26.11.2015
2595

Qirg‘izistonda xususiy klinikalarda inson tana a'zolarini ko‘chirish bilan bog‘liq o‘zgartishlar qabul qilindi

Qirg‘iziston parlamenti xususiy klinikalarda inson tana a'zolarini ko‘chirishga ruxsat beruvchi o‘zgartishlarni ma'qulladi. “Inson tanasi a'zolari va to‘qimalarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish loyihasi bugun, 26 noyabr kuni Jo‘qorg‘i Kengashda uchinchi o‘qishda qabul qilinib, prezident imzosiga yo‘llandi.

Unga ko‘ra, amaldagi qonunning 5-moddasiga quyidagi to‘ldirish kiritiladi: “Yaqin qarishdoshlar a'zolari yoki to‘qimalarini olish, tayyorlash va ko‘chirish xususiy sog‘liqni saqlash muassasalarida ham amalga oshirilishi mumkin”.

Top