18:10 / 26.11.2015
4531

Rossiya Turkiya mahsulotlariga qarshi sanksiyalar qo‘llamaydi

Rossiyaning Su-24 harbiy samolyoti urib tushirilganiga qaramay, Rossiya turk mahsulotlari uchun qandaydir maxsus taqiq sanksiyalarini joriy etmaydi. Bu haqla Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA «Novosti»ga ma'lum qildi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya siyosiy vaziyatning yomonlashuvi sabab turk mahsulotlariga nisbatan tekshiruvni kuchaytiradi. 

«Hech qanday embargo, shubhasiz, kiritilmaydi. Shu bilan birga ektremizmning turli ko‘rinishdagi xavflarini oldini olish uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi», — deya ta'kidladi Peskov.

Top