12:26 / 26.11.2015
3953

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida Mi-8 vertolyoti halokati oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Sibirda, Krasnoyarsk o‘lkasi hududida "Turuxanavia" aviakompaniyasiga tegishli Mi-8 vertolyoti qulab tushdi va bu halokat natijasida 15 kishi qurbon bo‘lgan. Bu haqda Transport prokuraturasiga asoslanib «RIA Novosti» xabar berdi.

«Vertolyot bortida 22 nafar yo‘lovchi va uch nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Hozirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 15 kishi qurbon bo‘lgan, qolgan yo‘lovchilar jabrlangan», — deyiladi xabarda.

Ichki ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, bu vertolyot Igarka shahridan ikki kilometr masofada Yenisey daryosi ustida hosil bo‘lgan muzga qulagan. Vertolyot xavfli qo‘nishni amalga oshirganligi taxmin qilinmoqda.

Tergov qo‘mitasi hodisa bo‘yicha ish ochgan.

Top