18:41 / 26.11.2015
6274

Toshkentda dunyodagi eng ingichka smartfon sotilishi boshlandi

Toshkent shahridagi elektron texnika do‘konlarida Samsung Galaxy Tab S2 plansheti sotila boshladi, deb xabar beradi “mobinfo.uz”.

Ishlab chiqaruvchilarning fikricha, Samsung Galaxy Tab S2 dunyodagi hozirga qadar ishlab chiqarilgan smartfonlar ichida eng ingichkasi hisoblanadi. Uning eni bor-yo‘g‘i 5,6 millimetrni tashkil etadi. Planshet 2015 yilning yozida keng jamoatchilik e'tiboriga havola qilingan edi. Uning ikki xil: 8 va 9,7 dyuymli turlari ishlab chiqarilgan.

Planshet modellari bir-biridan hajmi jihatidan farq qiladi. Ular texnik jihatdan deyarli bir xil. Qurilmalarning har ikkalasiga ham 4 yadroli Exynos 5433 protsessori, 3 Gb tezkor, microSD kartasini o‘qiy oladigan 32 Gb qurilma xotirasiga, 8 megapikselli asosiy kamera, 2,1 megapikselli old kameraga ega.

Toshkentdagi texnika do‘konlarida bu qurilma taxminan 3 million so‘m atrofida sotilmoqda.

Top