15:59 / 26.11.2015
9324

Toshkentda Ikkinchi jahon urushi davriga oid avtomobil aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan suratga ko‘ra, O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan Willys MB avtomobili borligi aniqlandi.

Feysbukdagi "Voditeli Tashkenta" guruhida joylashtirilgan ushbu avtomobilning suratida uning bus-butun va yura oladigan holatda ekanini ko‘rish mumkin.

Bir qancha foydalanuvchilar ushbu surat ostida fikr qoldira turib, mashinani 10 mingdan 15 ming dollargacha baholashgan.

Yana bir foydalanuvchi ushbu mashina narxi vaqt o‘tgan sayin ortishi haqida aytgan.
Willys MB 1941 yildan Willys-Overland Motors va Ford (Ford GPW markasi ostida) kompaniyalari zavodlarida ishlab chiqarilishi boshlangan.

Bunday avtomobillardan jami 659 031 dona ishlab chiqarilgan. 1942 yil yozidan boshlab Sobiq Ittifoq armiyasi uchun shunday avtomobillar xarid qilingan. Urush oxirigacha Sobiq Ittifoq 52 mingta shunday mashina olgan.

Top