22:22 / 26.11.2015
9023

Turkiya fuqarolari Rossiya hududiga kirishda muammolarga duch kelmoqda

Rossiyadagi Turkiya elchixonasi turkiyalik fuqarolarning Rossiyaga kirishida muammolar yuzaga kelayotgani haqida ma'lum qildi. 30 nafarga yaqin turkiyalik o‘z vatanlariga qaytarib yuborilgan, qolganlari esa juda qattiq tekshiruvlardan shikoyat qilgan. Rossiya tomoni bunga rasmiy munosabat bildirmagan.

Ayni damda turkiyalik fuqarolar 30 kunga Rossiya hududiga vizasiz kirish huquqiga ega. Agar uzoq qolishga to‘g‘ri kelsa, masalan o‘qish yoki ishlash uchun, unda Rossiya vizasi talab etiladi.

Rossiya federal migratsiya xizmati rahbari Konstantin Romodanovskiyning ma'lum qilishicha, hozirda Rossiya hududida 80 mingdan ziyod Turkiya fuqarosi bor.

Top