16:22 / 26.11.2015
12762

Turkiya harbiylari urib tushirgan Su-24 uchuvchisi aslan qozog‘istonlik bo‘lib chiqdi

Rossiyaning Turkiya va Suriya chegarasida urib tushirilgan Su-24 bombalovchi samolyotining uchuvchisi Oleg Peshkov Qozog‘istonda tug‘ilgani aniqlandi. U uzoq yillar Sharqiy Qozog‘iston viloyatidagi Ust-Kamenogorsk shahrida yashab kelgan.
45 yoshli harbiy samolyotga raketa tegishi paytida katapultani ishga tushirishga ulgurgan edi, ammo parashyutda tushayotgan harbiy turkman tomonidan yerdan otib tashlandi.

Uning kelib chiqishi haqidagi axborotni bir nechta qarindoshi, shuningdek, u tahsil ko‘rgan muassasa xodimlari tasdiqladi.
“U 1985 yili maktabni tamomladi. Sverdlovskdagi (bugungi Yekaterinburg) Suvorov nomli harbiy dargohga o‘qishga kirdi, Xarkov aviatsiya maktabini tamomladi. Lipetskda yashadi. Shu kunlarda biz bitiruvchimiz xotirasiga maktab mitingini tashkil qildik”, - dedi o‘quv ishlari bo‘yicha maktab direktorining muovini Yelena Lukina.

Peshkovning do‘sti, Ust-Kamenogorskda yashovchi Vyacheslav Pariy bola onasi erta vafot etgani tufayli o‘gay otasining qo‘lida qolganini aytdi.
“Xarkovdan so‘ng Oleg Kantda ishladi – afrikaliklarga mashg‘ulotlar o‘tgan”, - dedi u.
Peshkovning o‘g‘li va qizi bor edi. Ukasi Pavel Peshkov ham harbiy xizmatchidir. Ayni paytda u Novosibirskda ishlaydi.

Top