16:10 / 27.11.2015
4735

AQShda o‘g‘il o‘ziga fast-fud buyurtirmagani uchun otasini o‘ldirdi va onasini jarohatladi

AQShning Luiziana shtatida istiqomat qiluvchi fuqaro otasini o‘ldirganlikda va onasini o‘ldirishga harakat qilganlikda ayblanmoqda. Bu haqda New York Daily News nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, joriy yilning 25 noyabr kuni 58 yoshli Persival Pritchett o‘z uyida o‘ldirilgan bo‘lsa, uning xotini, 57 yoshli Renta Pritchett, pichoq zarbidan yaralangan. Hozirgi vaqtda u shifoxona davolanmoqda.

Shubha ostidagi shaxs ularning o‘g‘li 32 yoshli Ronald Pritchett bo‘lib turibdi. Mahalliy politsiya bergan ma'lumotga ko‘ra, o‘g‘ilning bunday vahshiy harakatiga ota-onasining faqat o‘zlari uchun fast-fud buyurtirgani sabab bo‘lgan. Ronaldga esa hech narsa buyurtma berishmagan. 

Shubha ostidagi shaxs payshanba kuni o‘zining Missisipidagi uyida qo‘lga olingan. Shuningdek u avtomobilni o‘g‘irlab ketishda ham ayblanmoqda.

Top