16:16 / 27.11.2015
4672

OAV: FIFA «Real»ni 1 yil davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqidan mahrum qildi

FIFA tartib-intizom qo‘mitasi "Real"ga ikkita transfer muddati davomida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

El Mundo Deportivo nashri ma'lumotiga ko‘ra, madridliklar jamoasi voyaga yetmagan futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish reglamentini buzgani uchun shunday jazoga tortiladi.

FIFA mazkur qaror qachondan kuchga kiritishi hozircha noma'lum.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» klubi xuddi shunday qoidabuzarlik tufayli 2016 yilning yanvar oyiga qadar yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqidan mahrum bo‘lgandi.

Top