10:33 / 27.11.2015
5637

Odil Ahmedov: "Borussiya" ustidan tarixiy g‘alabaga erishdik

Kubanning "Krasnodar" jamoasining o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Odil Ahmedov 26 noyabr kuni Yevropa Ligasining 5-turi doirasida Dortmundning "Borussiya" klubi bilan o‘yinda qozonilgan g‘alabaga bu orqali keyingi bosqich yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani uchun katta baho berdi.

"Shubha yo‘q, bu natija biz uchun tarixiy g‘alabaga aylandi. "Borussiya" - Germaniyadagi ikkinchi raqamli kuchli jamoa hisoblanadi. Bu jamoa ko‘plab sovrinlarga ega chiqqan. Albatta, bu o‘yin barchamiz uchun muhim ahamiyatga ega edi.

Biz Dortmundda ham yaxshi o‘ynagandik, ammo mag‘lubiyatga uchragandik. Bugun esa bor kuchimiz bilan o‘ynadik va g‘alabaga erishdik. Vazifani bajarish va ishtiyoq ko‘rsatish evaziga uch ochko qo‘lga kiritildi", - deydi Ahmedov.

Top